Yangiliklar

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va Uzum Market Toshkentda tadbirkorlar uchun forum o‘tkazadi

17 fevral kuni «2024 trendlari» konferensiyasi doirasida soha mutaxassislari, Uzum Market milliy marketpleysi rahbarlari va tadbirkorlarning o‘zlari marketpleysida biznesni qanday rivojlantirish haqida so‘zlab berishadi. Konferensiya Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi va «Kapitalbank» ko‘magida o‘tkaziladi.

O‘zbekistondagi onlayn-savdo bozori Markaziy Osiyoda eng tez o‘sib bormoqda, butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar va xaridorlar marketpleyslarni faol o‘zlashtirmoqda. Ushbu o‘sishning muhim omili — milliy platformalar, ishlab chiqaruvchilar va kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdir. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak konferensiyada tabrik nutqi bilan chiqish qiladi.

Hozirda eng yirik milliy platforma Uzum Market qanday rivojlanayotgani, tadbirkorlar uchun rejalar va yangi imkoniyatlar haqida marketpleysning bosh direktori Ilshat Xametov gapirib beradi.

— Bugungi kunda Uzum Market infratuzilmasidan mamlakat bo‘ylab 8000 dan ortiq kompaniya va tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirish uchun foydalanmoqda. Ularning sonini ko‘paytirish uchun esa biz geografiyani kengaytiramiz va yangi omborlar quramiz, ekotizim sheriklari bilan birgalikda tadbirkorlar uchun yangi moliyaviy vositalar va onlayn servislarni ishlab chiqamiz, — deydi Ilshat Xametov. — Va, albatta, biz sotuvchilar hamjamiyatini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki hech kim tadbirkorni sohadagi hamkasbidan yaxshiroq tushunmaydi.


Forum doirasida top-sellerlar foydali maslahatlar va keyslar bilan o‘rtoqlashadi, «Kapitalbank» vakillari biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy vositalar haqida gapirib berishadi, analitik servislarning rahbarlari ishtirokchilarga ma’lumotlar asosida ishlarni yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi va ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar sizga bozorlardagi assortimentni qanday kengaytirish kerakligini aytib berishadi.


Forum haqida batafsil va ro‘yxatdan o‘tish shakli: https://sellerclub.uz/