Yangiliklar

“Uzum” ONA xayriya fondining loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

“Uzum” raqamli servislar ekotizimi va ONA jamoatchilik fondi hamkorlik memorandumini imzoladilar, uning doirasida Fond kompaniya infratuzilmasi va resurslaridan mablag‘ yig‘ish va xayriya loyihalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Birinchi bosqichda Fond loyihalariga mablag‘ yig‘ish uchun qutilar “Uzum Market”ning Toshkentdagi 50 ta buyurtmalarni berish punktlariga qo‘yiladi, kelgusida “Uzum” loyihaga xoldingning boshqa kompaniyalarini ham jalb qilib, hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirgan.

“Uzum Market” buyurtmalarni berish punktlarida yig‘ilgan barcha mablag‘lar ONA fondining loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi: qiyin ahvolda qolgan ayollarga yordam, chekka aholi punktlarini suv bilan ta'minlash, og‘ir kasallikka chalingan bolalar va ayollarni davolash va amaliyot o‘tkazish, O‘zbekistonning turli hududlaridan iqtidorli qizlar uchun ta'lim grantlari va boshqalar.

— ONA fondi bilan hamorlik – “Uzum”ning birinchi xayriya loyihasi. Ammo biz, ijobiy o‘zgarishlar drayveri sifatida, korporativ ijtimoiy loyihalarni faol rivojlantirish niyatidamiz. “Uzum”ning missiyasi – o‘zbekistonliklar hayotini yanada yaxshilash, mamlakatning millionlab aholisiga maishiy masalalarni hal qilishda va murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tishda ko‘maklashish, - deydi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov. – Yil oxiriga qadar “Uzum Market” buyurtmalarni berish punktlari sonini 500tagacha oshirishni rejalashtirgan, demak, muhtojlarga yordam berishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz yanada osonlashadi.

— Umid ulashish – bizning umumiy ishimiz! Shunday ekan, mamlakatimizning imkon qadar ko‘proq kompaniyalari hamda aholisining xayriya loyihalariga bosh qo‘shishi, har bir muhtoj inson uni olish imkoniga bo‘lishi biz uchun muhim. Aminmizki, “Uzum” bilan hamkorlik tufayli minglab ezgu ishlarni bajara olamiz,- deydi ONA fondi Vasiylik kengashi a'zosi Shirin Jonibekova.