Yangiliklar

Chevrolet uchun asl ehtiyot qismlar ham endi Uzum Market marketpleysida

«UzAuto Motors» kompaniyasi «Uzum Market» marketpleysining rasmiy hamkoriga aylandi – endi butun mamlakatdagi avtohavaskorlar ishlab chiqaruvchidan asl ehtiyot qismlarni onlayn ravishda, 1 kunda yetkazib beradigan qilib buyurtirishlari mumkin.

Platformada asl moylar, filtrlar, tormoz kolodkalari va ishlab chiqaruvchidan boshqa avtotovarlar taqdim qilingan. Chevrolet avtomobillari sohiblari rejali texxizmat uchun barcha kerakli ashyolarni qulay va tez xarid qila olishlari uchun UzAuto Motors kompaniyasi Uzum Marketdagi tovarlar nomlari sonini muntazam oshirib borishni rejalashtirgan.

Barcha kerakli narsalarni tanlab, buyurtmani ertasigayoq olish imkoniyatidan mamlakatimizdagi Uzum Market buyurtmalarni berish punktlarida hamda kuryerlik yetkazib berishlar yordamida 29ta shahar aholisi foydalanishi mumkin. Keyingi yil oxiriga borib marketpleys o‘z faoliyati geografiyasini butun mamlakat bo‘ylab 63ta aholi punktigacha kengaytiradi – bu yanada ko‘proq avtohavaskorlar avtomobilga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur ashyolarni buyurtirishlari va tezda olishlari mumkinligini anglatadi.

— UzAuto Motors uchun marketpleys bilan hamkorlik qilish – bu avtohavaskorlar uchun avtomobildan foydalanishda qulaylik yaratishning qo‘shimcha imkoniyatidir,- deydi «UzAuto Motors» AJ tashqi va ichki bozorlarda ehtiyot qismlarni sotish bo‘yicha direktori Konstantin Bayshev. – Aminmizki, avtomobilga xizmat ko‘rsatish uchun sifati kafolatlangan avtotovarlar nafaqat mashinadan foydalanish muddatini uzaytiradi, balki xizmat ko‘rsatishga ketadigan vaqt va mablag‘larni ham sezilarli tejash imkonini beradi.

— UzAuto Motors avtotovarlarini Uzum Marketda sotib olishning eng asosiy afzalligi – bu ularning aslligi va sifatining kafolati, shuningdek ehtiyot qismlar bozori yoki do‘koniga borishga ketadigan vaqtning tejalishidir,- deya qayd etadi Uzum Market bosh direktorining o‘rinbosari Akmal Rahimov. – Shu bilan birga, avto uchun tovarlardan tashqari, bizda barcha zaruratlarni – uy uchun tovarlardan boshlab liboslar, elektronika va maishiy kimyogacha xarid qilish mumkin. Yil oxiriga qadar, ham UzAuto Motors kabi yirik brendlarni, ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni jalb qilib, assortimentni 800 ming noyob tovar nomigacha kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Bugungi kunda Uzum Marketda butun mamlakat bo'ylab 2000dan ortiq tadbirkor va 250 mingdan ortiq noyob mahsulotlari namoyish etilmoqda.