Yangiliklar

Gullar, taqinchoqlar, ko‘ylaklar: O‘zbekiston ayollari 8-martga nima olishni istaydilar

“UzumMarket” jamoasi mamlakatning minglab aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi va ayollar nimani xohlashlarini hamda bu yil hamkasblar, onalar, buvilar, opa-singillar, dugonalar, rafiqalar va qizlar uchun qanday sovg‘alar tayyorlanayotgani bilan qiziqdi. Bu yil eng istalgan sovg‘alar gullar, taqinchoqlar va kiyim-kechaklar bo‘ldi. E'tiborlisi – o‘zbekistonliklar bu bayramga hatto Yangi yildan ham ko‘ra jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rar ekanlar – so‘ralganlarning yarmidan ko‘prog‘i sovg‘alarni oldindan xarid qilishlarini bildirdilar.

Mamlakat ayollari orasida bu yil eng ko‘p kutilayotgan sovg‘a iPhone bo‘ldi – so‘ralgan qizlarning har to‘rttasidan biri u haqda orzu qiladi, ikkinchi o‘rinda kamtarroq tanlov – gullar, yetakchi uchtalikni taqinchoqlar va kiyim-kechak yakunlaydi. Va bu ro‘yxat amalda bayramoldi xaridlar rejalariga butunlay muvofiq keladi: gullar, kiyim-kechak va taqinchoqlar bu yil O‘zbekistonda 8-martga rejalashtirilayotgan sovg‘alarning yetakchi uchtaligini tashkil qiladi. iPhone esa, 8-mart uchun mashhur sovg‘alar ro‘yxatiga kirmadi – uni so‘ralganlarning 9%gina hadya qilishni rejalashtirgan.

So‘rovlar natijalarini “UzumMarket” marketpleysining statistikasi ham tasdiqlaydi: keyingi ikki haftada ayollar liboslari va aksessuarlariga talab fevralning birinchi ikki haftasiga nisbatan 50%ga o‘sdi. Shuningdek, bayramoldi kunlarida eng mashhur torvalar sirasiga Merci konfetlari, simsiz quloqchinlar va go‘zallik uchun turli tovarlar kirdi, zero qizlar uchun bayram kuni yuqoriroq turish muhimdir.

- Bugungi kunda platformamizda 200 mingdan ziyod tovar taqdim etilgan – aminmizki, ular ichida hatto eng nozikta'b qizlar va ayollar uchun ham sovg‘alar topiladi,- javob beradi “UzumMarket” marketpleysi bosh direktorining o‘rinbosari Akmal Rahimov. – Qolaversa, logistika xizmatimiz oxirgi lahzalarda sovg‘a oladiganlarga yordamga shay: butun mamlakat bo‘ylab 28 ta aholi yashash punktlari aholisi uchun xaridlar 1 kunda yetkazib beriladi. Sovg‘alar xaridi hamyonga qattiq zarba bermasligi uchun biz o‘nlab tovarlarga, jumladan smartfonlar, dekorativ va parvarish kosmetikasi, shirinliklar va elektronikaga chegirmalarni joriy qildik.

“UzumMarket” jamoasi xohishlar ro‘yobga chiqishiga ishonadi. O‘zbekistonda yashovchi va o‘lkamizga mehmon bo‘lib kelgan barcha ayollarga orzularining tezda ushalishini tilaymiz – biz esa, buning uchun eng tezkor va qulay servisni taqdim etamiz!