Yangiliklar

Assortimentda 20 mingdan ortiq taom va ichimliklar, 1200 ta hamkor va "Yil brendi" unvoni: Uzum Tezkor birinchi yil yakunlarini sarhisob qildi

Ishga tushirilgandan keyin bir yil ichida Uzum Tezkor tez yetkazib berish servisi 7 ta shaharni qamrab oldi, 1200 dan ortiq hamkorlarni uladi, yetkazib berish xizmatlari orasida "Yil brendi" va Toshkentdagi eng mashhur servisga aylandi.

— Bu yil Uzum Tezkor poytaxtdagi foydalanuvchilar orasida brend haqida xabardorlik bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘ldi, — deydi RGCA tadqiqot agentligi direktori Vyacheslav Karpov. — Toshkentda biz oyiga kamida bir marta yetkazib berish servislaridan buyurtma beradigan 18-55 yoshdagi 400 ta foydalanuvchilar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdik (18-25 yosh tanlanmasi so‘rovda qatnashgan respondentlarning 50 foizini tashkil etdi). Va uning natijalariga ko‘ra, 10 respondentdan 9 nafari Uzum Tezkor brendini biladi, 47 foizi esa so‘nggi bir oy ichida servisdan buyurtma bergan. Shuningdek, tadqiqot ishtirokchilari Uzum Tezkor o‘zbekistonliklarning an’analari va odatlari boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi deb sanashadi.

"Yil brendi" mukofotining xalq ovoz berish davomida Uzum Tezkor uchun o‘z ovozlarini 7000 ga yaqin o‘zbekistonlik berdi — servis "Yetkazib berish xizmati" va "Boshqa brendlar" nominatsiyalarida yetakchi bo‘ldi. Servisning muhim afzalliklari qatorida foydalanuvchilar yetkazib berish tezligi, kuryerlar va qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislarining xushmuomalaligi, shuningdek, assortimentning kengligini belgilaydi — bugungi kunda Uzum Tezkorda buyurtma berish uchun 20 mingdan ortiq taom, ichimlik va tovar nomlari mavjud.

— Bizning servisimiz mashhurligining asosiy sabablaridan biri — bu mahalliylik va texnologiklikning kombinatsiyasi. Bir tomondan, biz mahalliy servis va milliy raqamli ekotizimning bir qismi sifatida O‘zbekistonning urf-odatlari, madaniy xususiyatlarini ilova va kommunikatsiyalarimizda hisobga olamiz. Boshqa tomondan, biz operatsion jarayonlarni ishlab chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilish va avtomatlashtirishda eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanamiz, — deydi Uzum Tezkor servisining boshqaruvchi direktori Dmitriy Benzoruk, — Shu tufayli Uzum Tezkor ko‘plab o‘zbekistonliklarning kundalik hayotining bir qismiga aylandi, kuryerlarimiz uylar, ofislar, universitetlarga yetkazib bermoqda va hamkorlarimiz bilan birgalikda minglab ish o‘rinlari yaratmoqdamiz. Ammo eng muhimi, biz o‘zbekistonliklarning ishonchini qozonib, kundalik vazifalarni hal qilishni oson va yoqimli qildik!

Uzum Tezkor servisi 2023-yil 15-mayda ishga tushirildi — unda ilovada Toshkentdagi kafe va restoranlardan bir necha yuzta taomlar mavjud edi. Bir yil ichida servis hamkorlari soni 48 baravar oshdi va restoran egalarining ta’kidlashicha, joylardagi buyurtmalarning 40 foizi yetkazib berishga kelib tushadi. O‘zbekistonliklarning sevimli taomi va Uzum Tezkorning barcha shaharlarida mutlaq yetakchi lavash bo‘lib qolmoqda va ko‘pincha taomlarni yetkazib berishni shanba kuni, butun oila dasturxonga yig‘ilganda buyurtma qilishadi.