Biz biznesni, onlayn xaridlarni, onlayn to'lovlar va boshqa maishiy masalalar yechimini topish uchun raqamli servislar ekotizimini rivojlantiramiz
Uzum — raqamli servislar ekotizimi
Uzum Market
Keng assortimentga ega va buyurtmani butun mamlakat bo‘ylab 1 kunda yetkazib beriladigan marketpleys
Uzum Tezkor
Kafe, restoran va do‘konlardan tez yetkazib berish servisi
Noyob foydalanuvchi tajribasini yaratish uchun servislarni birlashtiramiz
Uzum Nasiya
Yashirin to‘lovlar, jarimalar va penyasiz muddatli to‘lov servisi
Uzum Bank
Qulay raqamli
bank
Biznesni rivojlantirish uchun ilova
Uzum Business
… to be continued
Bizning servislarimizdan O'zbekistonning 5 milliondan ortiq aholisi har oy foydalanadi
Tadbikorlikni rivojlantirish uchun infratuzilma yaratamiz
Uzum logistik xabining maydoni
150 000 m2 dan ziyod
Uzum Business'dan
Biznesni rivojlantirish uchun kreditlar
Uzum Nasiya'dan
Tezkor muddatli to‘lov
Uzum Bank'dan
Tovar va xizmatlar uchun to‘lov servislari
2024 yilda butun mamlakat bo'ylab bo'ladigan tarqatish punktlari soni
Uzum Market'da sotuvchilar soni
8 000+
>1000
O'n minglab tadbirkorlar Uzum ekotizimining afzalliklaridan foydalanadi
Jamoamiz
Jasur Jumayev
Uzum ekotizimining CEO va hammuassisi

Toshkentlik seriyali texnologik tadbirkor, venchurli va angel investor.

Ilgari - xalqaro bozorlarda aloqa va raqamli xizmat koʻrsatuvchi provayderlarning ishlashi uchun dasturiy taʻminotni ishlab chiqishga ixtisoslashgan texnologik kompaniyalar guruhi asoschisi.
Roman Lavrentyev
Operatsion direktor

Roman Rossiya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarda biznesni joriy qilish va rivojlantirishga, shuningdek yechimlarni ishlab chiqishga javob bergan.

Sifox IT-kompaniyasida CEO va CPO lavozimida ishlagan, PimPay kompaniyasida rivojlantirishga javob bergan, Arenza fintex-startapi tijorat departamentini boshqargan, Logarifma 'cloud'-logistika servisining hammuassisi.
Nikita Gulyaev
Moliyaviy direktor

7 yildan ziyod "Big 4" va 10 yildan ziyod – moliyaviy sektor kompaniyalarida moliyaviy direktor lavozimida ishlagan.

Moliya, boshqaruv hisoboti, gʻaznachilik, maʻlumotlar, buxgalteriya, soliqlar bilan birga, shuningdek biznesni rivojlantirish boʻyicha qator yoʻnalishlarda (valyuta ayirboshlash amaliyotlari, brokerlik xizmatlari, lizing biznesi, M&A bitimlari) rahbarlik qilgan.
Leonid Cherniy
Uzum Data ijrochi direktori

Sharqiy Yevropadagi eng yirik texnologik kompaniyalarda maʻlumotlar bilan ishlash, xususan katta maʻlumotlarni tahlil qilish va mashinaviy oʻqitish texnologiyalar sohasida koʻp yillik tajribaga ega. "CDO Award" ikki karra laureati, World AI&Data Challenge ekspertlar hayʻati ishtirokchisi, Katta Maʻlumotlar Uyushmasi ekspertlar kengashi aʻzosi, Sankt Peterburg Davlat Universiteti Oliy menejment maktabi "Big Data and Analytics" taʻlim dasturi kengashining rahbari.
Sergey Salikov
Yuridik departamenti rahbari

Turli yurisdiktsiyalarda investitsiya operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash, investitsiya fondlari va xolding tuzilmalarini yaratish bo'yicha 12 yildan ortiq tajribaga ega.

Ilgari Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasining yuridik departamentiga boshchilik qilgan, "Gazprombank" AJda M&A bitimlarini yuridik qo'llab-quvvatlash bo'limiga rahbarlik qilgan, shuningdek, xalqaro yuridik va konsalting kompaniyalarida ishlagan.
Nikolay Seleznev
Strategik rivojlanish yo'nalishi va M&A rahbari

Ilgari Global Markets'da (Raiffeisenbank, Alfa-Bank, JP Morgan) ishlagan, mahsulot portfellarini optimallashtirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyasini ishlab chiqqan (Artur D. Little), shuningdek M&A maxsus loyihalari va bitimlarini olib borgan (Eurasian Resources Group).
E-commerce
Uzum Market boshqaruv direktori

Riteylda 20 yildan ziyod ish tajribasiga ega. Avvalda “Svyaznoy” kompaniyasining Rossiyadagi bir qator filiallarining direktori sifatida faoliyat yuritgan.

“KazanExpress” kompaniyasida amaliyotlar bloki, xodimlarni boshqarish va qurilish departamenti yoʻnalishlari boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari boʻlgan.
Ilshat Xametov
Uzum Tezkor boshqaruv direktori

Rossiya hamda xalqaro kompaniyalarda bir qator yirik FoodTech va FMCG yoʻnalishidagi kompaniyalarda koʻp yillik ish tajribasiga ega.

2020-2022 yillarda Dmitriy Delivery Clubʻda e-grocery mahsulotlari bilan shugʻullangan, bundan oldin esa Yandex, Mars va Danoneʻda biznesni rivojlantirish uchun masʻul boʻlgan.
Dmitriy Benzoruk
Fintech va bank xizmatlari
Aleksandr Filippovich
"Uzum Bank" AJ Boshqaruv Raisi

Bank sohasida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish va inqirozga qarshi boshqaruv boʻyicha yigirma yillik tajribaga ega. Ilgari Belarus Respublikasining yirik banklarida yuqori lavozimlarda ishlagan boʻlib, biznesni rivojlantirish va xalqaro hamkorlar va aksiyadorlar bilan ishlash uchun masʻul boʻlgan.
Uzum jamoasida 10 000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi
Yangiliklar