Yangiliklar
17.04.2025

Shahrisabz, Nurafshon, Guliston, Termiz va Xivada restoran va do‘konlardan tezkor yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Shunday tariqa, Uzum Tezkor 25 ta shaharni qamrab olib, O‘zbekistonda eng keng yetkazib berish geografiyasiga ega xizmatga aylandi.

Yangi shaharlarda platformaga 80 dan ortiq muassasalar qo‘shildi, ular orasida Bellissimo Pizza kabi taniqli tarmoqlar, shuningdek, Sofra, Mazzaniya, Mondo, Karvon restorani va boshqa mashhur mahalliy restoranlar bor. Har bir shaharda taomlar tanlovi aholining didini aks ettiradi: Termiz, Guliston va Nurafshonda pitsa, Xivada lavash, Shahrisabzda esa go‘shtli taomlar, ayniqsa shashlik mashhur. Shuningdek, foydalanuvchilar Xorazm baragi va qatlama kabi milliy taomlarni faol buyurtma berishmoqda.

Geografiyaning o‘sishi mamlakat aholisining xizmatga bo‘lgan ishonchi va qiziqishi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbekistonning 12 ta hududi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2200 dan ortiq kishi ishtirok etgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 10 nafar respondentning 8 nafari brend bilan tanish, 56% i esa Uzum Tezkor’dan allaqachon foydalangan. Xizmatning asosiy afzalliklari orasida foydalanuvchilar arzon narxlar, yetkazib berish tezligi va kuryerlarning xushmuomalaligini ta’kidlashadi. Tadqiqot ishtirokchilarining 80% dan ortig‘i xizmat butun oilaga mo’ljallangan va o‘zbek madaniyatini yaxshi tushunadi, deb hisoblashadi.

Biz yurtdoshlarimiz oilasiga va do‘stlariga ko‘proq vaqt ajratishida sifatli va qulay xizmatning o’rni katta ekanligiga ishonamiz.

Biz har bir shaharda ish o‘rinlari yaratishga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar taklif etishga, sevimli taomlarni tez va qulay tarzda yetkazib berishga intilmoqdamiz. So‘nggi bir yil ichida shaharlardagi buyurtmalar ulushi 30% ga oshdi — bu poytaxtdan tashqarida talab qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Uzum Tezkor mamlakatning aksariyat yirik shaharlarida faoliyat yuritmoqda va biz foydalanuvchilar uchun tanlovni kengaytirish maqsadida hamkorlar sonini kengaytirishda davom etmoqdamiz.