Yangiliklar
22.05.2023

20 may kuni O‘zbekiston Marketing uyushmasi har yilgi “Yil brendi 2022” mukofoti g‘oliblarini taqdirladi. “Yil brendi” marketing va reklama sohasidagi yutuqlar uchun oltinchi marta topshirilmoqda. Bu yil mukofot 25 ta nominasiya bo‘yicha 550 000 dan ziyod iste’molchining ochiq ovoz berishi yakunlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston marketing uyushmasining 200 dan ortiq hamkori va yetakchi ekspertlari onlayn ovoz berishiga ko‘ra taqdim etildi.

Uzum ekotizimi to‘rtta sovrin sohibi bo‘ldi, ulardan ikkitasi Uzum Market marketpleysiga nasib etdi. Uzum Market “Chakana savdo — marketpleys” toifasida iste’molchilar tanlovining, “Chakana savdo” toifasida ekspertlar ovoz berishining g‘olibi bo‘ldi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Uzum ekotizimi “Axborot texnologiyalari va yechimlari” toifasida yil brendi bo‘lgan bo‘lsa, Uzum Bank — “Banklar, moliya institutlari va sug‘urtalash” toifasida eng yaxshi brend bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari va ekspertlari Uzum Bank Boshqaruvi raisi Sergey Gimadiyevni O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirladilar.

Uzum brendi O‘zbekiston bozoriga 2022 yilda kirib kelganiga endi bir necha oy bo‘lgan esada, iste’molchilar va ekspertlar ekotizimimizning afzalliklarini munosib baholay olishganidan juda faxrlanamiz. Uzum har bir yechim va servisi bilan foydalanuvchilarimiz hayotini qulayroq, reklama kampaniyalarimizni yorqinroq qilishga intiladi!