O‘zbekistonning eng yirik raqamli ekotizimi Uzum rivojlanayotgan bozorlardagi dunyoning yetakchi investorlaridan biri bo‘lgan Amerika jamg‘armasi VR Capital’dan 300 milliard so‘m (taxminan 25 million AQSH dollari) mablag‘ jalb qildi.
Bu kompaniyalar o‘rtasidagi ikkinchi bitim:
Jalb qilingan mablag‘ Uzum’ning fintech yo‘nalishi rivojlanishini tezlashtiradi — birinchi navbatda, raqamli banking, to‘lov infratuzilmasi va iste’mol kreditlash sohalarida. Shuningdek, bu bitim ikki mamlakat o‘rtasidagi transchegaraviy investitsiyalarning o‘sishi fonida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanayotganini aks ettiradi.
Biz Uzum’ning rivojlanish sur’atidan hayratdamiz. Ekotizimning fintech yo‘nalishi kuchli mahalliy infratuzilmaga asoslangan keng ko‘lamli yuqori texnologiyali biznesning yorqin namunasidir. Platformaning yanada kengayishini va uning O‘zbekiston raqamli transformatsiyasiga qo‘shayotgan hissasini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz.
Biz milliy miqyosda qulay, tezkor va innovatsion fintech infratuzilmasini yaratmoqdamiz. Yangi moliyalashtirish nafaqat Uzum ekotizimini, balki mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish sur’atlarini ham kuchaytirib, raqamli banking, to‘lovlar va kredit mahsulotlarini rivojlantirishni jadallashtirish imkonini beradi. Muhimi, moliyalashtirish milliy valyutada ajratildi — bu xalqaro hisob-kitoblar va korporativ moliyalashtirishda so‘mning ahamiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Uzum onlayn savdo, raqamli va an’anaviy banking, shuningdek, fintech xizmatlarini yagona ekotizimga birlashtirgan holda, mamlakatning eng yirik raqamli platformasini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Hozirda ushbu ekotizimdan 20 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar foydalanmoqda.