Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi birinchi marta Uzum milliy ekotizimining kreditga layoqatliligini baholadi. Kompaniya elektron tijorat va fintech sohalaridagi kuchli pozitsiyalari hamda barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlari tufayli ijobiy prognoz bilan “B” reytingini oldi.
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Uzum ekotizimiga ijobiy prognoz bilan “B” darajasida uzoq muddatli kredit reytingini berdi. Bu Fitch tomonidan kompaniyaga beriladigan birinchi reytingdir.
Fitch o‘z hisobotida Uzum kompaniyasining tez o‘sib borayotgan elektron tijorat va fintech bozorlarida kuchli mavqega egaligi, biznesning yuqori rentabelligi va barqaror likvidligini qayd etdi. Asosiy afzalliklar qatorida moliyaviy xizmatlarning yagona platformaga integratsiyalashuvi ham ta’kidlangan. Agentlikning baholashicha, nobank segmentlar — birinchi navbatda, ekotizimni yanada rivojlantirishning asosiy drayverlariga aylanadigan fintech va e-commerce ayniqsa tez o‘sadi.
Fitch reytingining berilishi Uzum rivojlanishidagi muhim bosqichdir. Bu bizning biznes modelimiz, texnologik bazamiz va raqamli iqtisodiyot salohiyati barqarorligining tasdig‘idir. Biz mijozlar, hamkorlar va xalqaro investorlar ishonadigan uzoq muddatli platformani yaratishda davom etamiz.
Ijobiy prognoz Fitch’ning eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan birida raqamli va moliyaviy xizmatlar kengayib borayotgan O‘zbekistonda yaqin yillarda ishbilarmonlik muhiti yaxshilanishi va barqaror o‘sishiga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi.
Keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar tufayli mamlakat dunyodagi eng istiqbolli bozorlardan biriga aylandi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) 100 milliard dollardan oshadi, aholi soni esa 37 million kishiga yetadi va har yili deyarli millionga o‘sadi. Respublika aholisining yarmidan ko‘pi allaqachon Uzum xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanmoqda — onlayn xaridlar va bank operatsiyalaridan tortib fintech xizmatlari va yetkazib berishgacha.
Uzum — jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL xizmati, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova. Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 17 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
Fitch Ratings agentligi — kredit reytinglari, tahliliy tadqiqotlar va sharhlar sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Standard & Poor’s va Moody’s bilan birgalikda u nufuzli jahon reyting agentliklarining “katta uchligi‘ga kiradi. Moliyaviy institutlar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, korporatsiyalar, davlatlar va munitsipal tuzilmalarga reytinglar beradi.