Press-relizlar
19.12.2024

Uzum Bank va Visa O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun strategik hamkorlikni kengaytirmoqda. Bank ekotizimdagi jismoniy va IT-infratuzilmasi negizida Uzum Visa plastik kartalaridan erta foydalanish imkoniyatini ochdi.

Uzum virtual kartasidan O‘zbekistonning 70 000 mingdan ortiq aholisi foydalanadi. Mijozlarning bir qismi Uzum Bank ilovasida jismoniy kartaga buyurtma berishlari va uni mamlakat bo‘ylab 31 ta shahar va qishloqda joylashgan Uzum Market topshirish punktidan olib ketishlari mumkin. Tez kunda Uzum plastik kartasini barcha foydalanuvchilar ochishi mumkin bo‘ladi, uni olish uchun Uzum Market topshirish punktlarining soni ham ko‘payadi. Plastik karta yordamida mijozlar xarid uchun yanada qulay to‘lov qilishlari va nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ham naqd pul yechib olishlari mumkin. Visa texnologiyasi to‘lovlarning yuqori tezligi, qulay va ishonchli kontaktsiz to‘lov hamda tezkor pul o‘tkazmalarini ta’minlaydi.

Biz O‘zbekistonda fintex yechimlarni ilgari surish uchun Uzum Bank bilan strategik hamkorligimizni kengaytirmoqdamiz. Ilg‘or texnologiyalar va Visa ekspertizasidan foydalangan holda foydalanuvchilarga eng zamonaviy va ishonchli to‘lov vositalarini taqdim etishga intilamiz. Ushbu hamkorlik tezkor, qulay va xavfsiz moliyaviy operatsiyalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi hamda foydalanuvchilarga to‘lov va pul harakati bo‘yicha to‘siqsiz tajribani taqdim etadi.

Visa xalqaro to‘lov tizimi negizida Uzum kartalarini chiqarish uchun biz shaxsiy infratuzilmamizni ishga tushirdik. U Uzum Bank mahalliylashtirilgan ekvayringi va protsessingi, Uzum Market topshirish punktlariga yetkazish va xavfsizlik talablariga binoan mijozlarning raqamli identifikatsiyasini o‘zida birlashtiradi. Visa ekspertizasi va texnologiyalari bizga xalqaro standartlarga mos keladigan va O‘zbekiston aholisi ehtiyojlariga javob beradigan istiqbolli fintex-mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. Biz foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni onlayn tarzda tez va oson yechishga yordam berish uchun Uzum ekotizimining fintex asosini rivojlantirmoqdamiz. Bunda mijoz mahsulotlar yetkazib berish uchun pul to‘laydimi, yangi mavsum uchun kiyim-kechak buyurtma qiladimi yoki smartfonda mikroqarz rasmiylashtiradimi — muhim emas.

Uzum fintex-servislari Uzum Market marketpleysi negizidagi superappga integratsiya qilingan. Buning evaziga bank mijozlari Uzum ekotizimining barcha afzalliklari va maxsus takliflaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot uchun

Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini boshqarishlari: tovarlar, xizmatlar va maishiy xizmatlar uchun to‘lov qilishlari, xaridlardan keshbek ishlashlari, pul o‘tkazishlari va naqd pul yechib olishlari mumkin. Uzum Nasiya bilan integratsiya muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish va qulay to‘lov qilish, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimining qo‘shimcha bonuslari va afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi. 31-dekabrgacha Uzum kartadan Uzcard va Humo kartalariga 100 million so‘mgacha pul o‘tkazmalari — komissiyasiz, bank ichidagi o‘tkazmalar — doimo bepul.

Visa Inc. (NYSE: V) aqamli to‘lovlar sanoatida xalqaro yetakchi sanaladi. Kompaniyaning vazifasi eng innovatsion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i yordamida dunyoni birlashtirish, bu foydalanuvchilar, biznes va iqtisodiyotning tizimli rivojlanishiga xizmat qiladi. Yangi VisaNet global texnologik tarmog‘i  butun dunyo bo‘ylab to‘lovlarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Visasaytiga tashrif buyuring.