Yangiliklar
Company (cn)
30.10.2024

2024-yil 30-oktyabrda Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Visa xalqaro to‘lov tizimining Uzum virtual kartasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Ilovada kartani rasmiylashtirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, xizmat ko‘rsatish va kartani to‘ldirish esa bepul. Sinov davrida mamlakatning 250 000 dan ortiq aholisi Uzum kartani allaqachon ochgan va undan faol foydalanmoqda.

Uzum karta do‘konlar va onlayn-xizmatlarda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, keshbek ishlash, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olish imkonini beradi. UZCARD va HUMO kartalariga yil soʻngiga qadar komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin*, Uzum kartalari orasida pul oʻtkazmalari — doimo bepul.

Tez orada Uzum Bank mijozlari nafaqat virtual, balki Uzum plastik kartasiga ham buyurtma berishlari mumkin. U raqamli versiyaning afzalliklarini saqlab qolgan holda, offlayn operatsiyalar jumladan, mamlakat va xorijda toʻlov qilish va naqd pul yechib olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

“Uzum karta raqamli servislar ekotizimimizning moliyaviy markaziga aylanadi. Bu “Uzum Bank”ning birinchi mahsuloti bo‘lib, biz uni o‘z IT-infratuzilmamiz asosida ishlab chiqdik va kengaytirmoqdamiz. Biz uchun O‘zbekiston aholisi ehtiyojlariga mos keladigan texnologik servis yaratish juda muhim. Buning uchun biz yopiq sinov o‘tkazdik va mijozlarning fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda mahsulotni toʻliq ishlab chiqdik, biz respublikaning barcha aholisi uchun kartani rasmiylashtirishdan mamnunmiz”, – deydi Uzum Fintech bosh direktori Yegor Abramets.

Mijozlar Uzum kartani mavjud limitdan 25 mln so‘mgacha mikroqarz orqali to‘ldirishlari hamda undan odatiy pul sifatida: xaridlar uchun to‘lov, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olish uchun foydalanishlari mumkin. Visa asosidagi Uzum karta Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya qilingan. Buning evaziga bank mijozlari Uzum ekotizimining barcha afzalliklari va maxsus takliflaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun

Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar uchun toʻlovlar maishiy to‘lovlarni amalga oshiradi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga nasiya va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limit va qulay to‘lovlardan foydalanish, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan esa Uzum ekotizimining qo‘shimcha bonuslari va afzalliklaridan bahramand boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

* — 2024-yil 31-dekabrga qadar UZCARD va HUMO kartalariga oyiga 100 000 000 soʻmgacha oʻtkazmalar komissiyasiz