Yangiliklar
14.03.2024

Milliy raqamli ekotizim nafaqat yosh mutaxassislarni faol yollaydi, balki talabalar amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlari va amaliyotchilarga savollar berishlari uchun universitetlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda.

13 mart kuni Uzum operatsion direktori Roman Lavrentyev va Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti rektori Bahrom Mirqosimov hamkorlikda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalarni ishga joylashtirishga ko’maklashish, bilim va tajriba almashish, tadqiqot va innovatsion loyihalarda hamkorlik qilishni o’z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Shuningdek, Uzum ekspertlari Alena Seneva, kadrlar boshqaruvi bo’yicha direktor o’rinbosari va Artem Melentyev, Uzum project-menejeri va Uzum IT-akademiyasida “loyiha menejeri” kurs o’qituvchisi Amity universiteti talabalari uchun ma’ruza o’qidilar. Uzum mutaxassislari karyerada birinchi qadamlarni qanday qo’yish, loyiha menejeri qanday ko’nikmalarga muhtojligi va IT-kompaniyalarda bunday mutaxassislar qanday vazifalarni hal etayotgani haqida so’zlab berishdi.

Biz nafaqat millionlab o’zbekistonliklar foydalanadigan ekotizimni, balki Uzum raqamli servislarini qo’llab-quvvatlaydigan va rivojlantiradigan jamoani ham qurmoqdamiz. Va, albatta, bugungi kunda butun mamlakat bo’ylab universitetlarda tahsil olayotgan yoshlar bilan birgalikda bu muammoni hal qilishimiz kerak. Bizning maqsadimiz talabalarga nazariy bilimlarning amalda qanday qo’llanilishini tushunishga yordam berish, ularni amaliyotchi mutaxassislar bilan tanishtirish va tajribamizni baham ko’rishdir.

Uzum bilan muloqotdan mamnunmiz. Ekotizimning bosh direktori Jasur Jumaev — bizning bitiruvchimiz va bu universitet uchun katta g’urur va har bir talaba uchun ilhomdir. Bugungi kunda bizning yoshlarimiz ekotizimning turli jamoalarida amaliyot o’tamoqda va allaqachon ishlamoqda. Shuning uchun biz uchun doimiy muloqot, tajriba va ekspertiza almashishni davom ettirish juda muhim.