Uzum milliy raqamli ekotizimi O‘zbekiston uchun rekord bo‘lgan 300 mlrd so‘mlik obligatsiyalar emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha kupon stavkasi 25% ni tashkil etib, ularning muomala muddati 2 yilga belgilangan.
Obligatsiyalar “TOSHKENT” Respublika fond birjasida joylashtiriladi va muomalada bo‘ladi. Emitent Uzum guruhi kompaniyasi — XK MCHJ “MAKESENSE” hisoblanadi. Investorlarning mablag‘lari Uzum fintech yo‘nalishini rivojlantirish va o‘sishiga yo‘naltiriladi.
Uzum’ning mamlakat qarz kapitali bozorini rivojlantirishdagi ishtiroki biznesimizning o‘sish ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ham, kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyati nuqtayi nazaridan ham qonuniy qadamdir. Biz elektron tijorat, bank va fintech sohalarini faol rivojlantirmoqdamiz, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar va qarz kapitali bozorini rivojlantirishda foydali bo‘lishni xohlaymiz va qila olamiz. Ishonamizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi moliyaviy vositalarning keng palitrasini talab qiladi. Biz investitsiya kiritish va ekotizimimizni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan potensial hamkorlardan so‘rovlar olmoqdamiz. Ishonchim komilki, tajribaviy nashr nafaqat banklar va iqtisodiyotning real sektori kompaniyalari orasida talabga ega bo‘ladi, balki xorijiy investorlarni jalb qilish imkonini ham beradi. Loyihani amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) va brokerimiz ALKES ga minnatdorchilik bildiramiz.
Uzum — jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL-xizmati, avtomobil sotib olish uchun platforma, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova. Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 15 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.