Yangiliklar
17.01.2024

Milliy marketpleys ilovasi yil davomida 13,5 million martadan ko‘proq yuklab olingan.

“Data.ai” tahliliy servisi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Uzum Market mashhurlik bo‘yicha Telegram messenjeri — uni o‘zbekistonliklari 18,2 million marta yuklab olishgan, shuningdek, yil davomida 17,7 million marta yuklab olingan Instagram ilovasidan keyin turadi. Statistikada faqat 2023 yil uchun qurilmalarga birinchi marta yuklab olishlar hisobga olinadi, yangilash va ilgari o‘chirilgan ilovalarni qayta yuklab olish tahlilga kiritilmagan.

O‘tgan yil davomida biz Uzum Market’ning faol ekspansiyasini va foydalanuvchilarning umuman onlayn xaridlarga bo‘lgan qiziqishi oshishini kuzatdik. Tadqiqotlarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 10 nafar aholisidan 8 nafari Uzum Market brendini biladi va so‘rovda qatnashganlarning yarmi milliy marketpleysda buyurtma bergan.

Bundan tashqari, hozir mamlakatda raqamli servislarning rivojlanishi bilan biz umuman mobil ilovalar bozorining o‘sishini ko’rmoqdamiz. Shunday qilib, Sensor Tower tadqiqotiga ko‘ra, 2022 va 2027 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda ilovalarni yuklab olish soni ikki barobarga oshib, 1,8 milliard donaga yetadi, shu tariqa hozirda mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi ilovalar bozorlari orasida yetakchi hisoblanadi. Biz iqtisodiyotni raqamlashtirishning faol jarayonini ko‘rmoqdamiz, bunda odamlarning odatlarini o‘zgartiradigan milliy o‘yinchilar muhim rol o‘ynaydi.

RGCA tadqiqotlariga ko‘ra, Uzum Market Telegram, Instagram va OLX’dan o‘tib mamlakatdagi eng mashhur onlayn xarid qilish ilovasi hisoblanadi.