11-apreldan boshlab marketpleysdagi shaxsiy menejerlar xizmati o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Sotuvchining shaxsiy kabinetidan mablag‘lar faqat xizmat ko‘rsatilgan kunlar uchun yechib olinadi. Biznes qo‘llab-quvvatlash xizmati aloqada bo‘lib, shaxsiy menejerlar yoki Uzum Market’ning boshqa xizmatlari faoliyatiga oid har qanday savollarga javob berishga tayyor.
Shuningdek, 11-apreldan boshlab “Bustni topga chiqarish” xizmatining ishlash qoidalari o‘zgaradi.
- Faqat haftalik byudjet mavjud;
- Reklama kampaniyasining minimal byudjeti 100 000 so‘mni tashkil etadi;
- Reklama kampaniyasini tahrirlash yoki nusxalashda haftalik byudjetni ko‘rsatish kerak, aks holda o‘zgarishlar saqlanmaydi.
Shuningdek, 11-apreldan boshlab Uzum Market’da “Qurilish va ta’mirlash,” “Kompyuter texnikasi”, “Geymerlar uchun tovarlar”, “Avtomobil tovarlari”, “Dacha, bog‘ va tomorqa”, “Sport va hordiq” turkunlardagi komissiyalar o‘zgaradi. Batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.
2025-yil 11-apreldan boshlab ofertadagi quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
- Shartnoma shartlariga bir qator o‘zgartirishlar kiritamiz;
- 7.10-band va kichik bandlari olib tashlanadi;
- Yangi turkumlar kiritildi va komissiyalar o‘zgartirildi.
Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishishingiz mumkin
Telegramdagi sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmati: @umarket_business_bot
