Yangiliklar
02.02.2023

Mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi aholi buyurtmalarni bir kun ichida olish imkoniga ega bo‘ldi: Uzum Market`ning buyurtmalarni berish punktlari va kuryer orqali yetkazib berish xizmati yurtimizning 26 ta shahrida ishlamoqda. Faoliyat geografiyasini kengaytirish bilan bir qatorda, marketpleys tadbirkorlar uchun platforma bilan ishlashni ham soddalashtirdi: endi marketpleysda sotish uchun tovarlarni Uzum Market buyurtmalar berish punktlariga topshirish mumkin.

Bir necha oy ichida Uzum Market marketpleysi jami 60 ta buyurtmalarni berish punktlarini ishga tushirdi, mart oxiriga qadar kompaniya o‘zining 100- punktini ochadi — shu tariqa, tezda yetkazib beriladigan 200 mingdan ziyod noyob tovarlardan iborat assortimentdan mamlakatimizning barcha hududlari aholisi foydalana oladigan bo‘ldi. Yil oxiriga qadar kompaniya maishiy texnika va kosmetikadan to avtotovarlar va gajetlargacha bo‘lgan tovarlar assortimentini 800 ming noyob nomgacha kengaytirishnigina emas, balki sotuvchilar uchun servisni yanada qulay qilishni ham rejalashtirgan.

Bugun mamlakatning turli chekkalaridan bir necha ming kompaniya va tadbirkorlar marketpleysda o‘z tovarlarini sotmoqdalar. Yangi servis tufayli, tovarni Toshkentga ularning o‘zlari olib kelishlariga zarurat qolmaydi — mamlakatning 9 ta shahridagi qabul qilish punktlaridan eng yaqiniga keltirib bersalar, kifoya. Qolaversa, 31-martga qadar bu xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi. Bizning vazifamiz — onlayn-biznesning rivojlanishini maksimal darajada soddalashtirish, marketpleysda tovarlar sotuvini esa — sotuvchilarimiz uchun foydali qilish.

O‘z tovarlarini Uzum Market`da sota boshlash uchun tadbirkorlar platformada ro‘yxatdan o‘tsalar (batafsil yo‘riqnoma bilan marketpleys sayti da tanishish mumkin) yoki Telegram orqali yangi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash menejeriga murojaat qilsalar (t.me/Uzum_Market_Helper_bot), yetarli.