10-oktyabrdan Uzum Market hamkorlar bilan ishlashning yangi sxemasi — FBS’ni (Fulfilment by Seller) ishga tushiradi. Endilikda sotuvchilar mahsulot stoki, ularni qadoqlanishini mustaqil boshqarishi va mahsulotlarni o‘z omborida saqlashi mumkin bo‘ladi, marketpleys esa xaridorga onlayn vitrina va logistikani taqdim etadi.
Xaridordan buyurtma olingandan keyin 48 soat ichida sotuvchi mustaqil ravishda mahsulotni qadoqlaydi va uni Uzum Market omboriga yetkazib beradi. Shu bilan birga, sotuvchi o‘z omborining ishini odatiy rejimda boshqarishi mumkin. Agar u shaxsiy kabinetida ombor dam olish kunlari ishlamasligini oldindan ko‘rsatgan bo‘lsa, ular buyurtmani jo‘natish uchun 48 soat ichida hisobga olinmaydi. Mahsulot Uzum Market omboriga kelib tushgandan so‘ng, u mijozga topshirish punkti yoki yetkazib berish uchun ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish uchun topshiriladi. Xaridor o‘z buyurtmasini omborga tovar kelib tushgan kunning ertasiga oladi, bunda Uzum Marketdan buyurtmalarni yetkazib berish muddati taxminan 3 kunni tashkil qiladi.
Komissiya va logistika yig‘im shartlari FBS modeli bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun ham, FBO modeli — unda marketpleys o‘z omborlarida tovarlarni saqlash va ularni mijoz yetkazib berish bilan shug‘ullanadi — bo‘yicha ishlaydiganlar uchun ham bir xil bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘z omborxonalariga ega bo‘lgan sotuvchilar, masalan, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek oflayn do‘konlar egalari milliy marketpleys bilan ishlashning qulay sxemasini tanlashlari mumkin bo‘ladi.
Uzum Market’da yangi ish modelining ishga tushirilishi ko‘proq sotuvchilar uchun platforma bilan ishlashni yanada qulaylashtiradi. Endi sotuvchilar o‘z mahsulotlarini saqlash va qadoqlashni mustaqil ravishda boshqarishlari mumkin, bu esa yangi yo‘nalish va toifalarni tezda sinab ko‘rish va bizning platformamizga yangi assortimentni chiqarish imkonini beradi. Yangi model o‘z ombor infratuzilmasiga ega tadbirkorlar uchun maksimal darajada qulay bo‘ladi. Bundan tashqari, u tovarlarni marketpleys omborida saqlash har doim ham qulay bo‘lmagan sotuvchilar uchun mos keladi — masalan, yirik gabaritli tovarlar uchun. Biz uchun esa FBS modelining paydo bo‘lishi — bu platforma assortimentini sezilarli darajada kengaytirish va O‘zbekiston aholisiga yanada ko‘proq tovarlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun yana bir imkoniyatidir.
Bugungi kunda Uzum Market milliy marketpleysida 11 mingdan ortiq tadbirkor o‘z biznesini rivojlantirmoqda. Marketpleysda barcha oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun teng sharoit yaratmoqda: hozirda sotuvchilarning qariyb 30 foizini ayollar tashkil etadi. 2024 yil oxiriga qadar marketpleys 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan barcha shahar va qishloqlarni qamrab olgan holda buyurtmalarni topshirish punktlari tarmogʻini uch barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.
Platforma bilan ishlash boʻyicha batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali: https://seller.uzum.uz/