Yangiliklar
14.11.2024

Ekotizimning e-commerce va fintech-xizmatlari integratsiyasi Uzum’ga ikkala yo‘nalishda ham ko‘p karra o‘sish sur’atlarini saqlab qolish imkonini beradi. Uzum’ning elektron tijorat (e-commerce) yo‘nalishi bo‘yicha aylanmasi 2024-yilning 9 oyi davomida, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga o‘sib, 237 million dollarga yetdi. Xuddi shu davrda fintech-xizmatlarining umumiy kredit portfeli yildan yilga ikki barobarga oshdi. Ekotizim xizmatlarining umumiy auditoriyasi 9 oy davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga oshdi — bugungi kunda Respublikaning har uchinchi fuqarosi Uzum xizmatlaridan foydalanadi.

E-commerce

Uzum e-commerce segmentiga Uzum Market marketpleysi va Uzum Tezkor do‘konlar va restoranlaridan tezkor yetkazib berish xizmati kiradi. 2024-yilning 9 oyida ekotizimning butun e-commerce segmentining (GMV) aylanmasi yildan-yilga 3 barobarga o‘sib, 237 million dollarga yetdi. Marketpleysning aylanmaning o‘sishi, jumladan, yangi sotuvchilarni jalb qilish va assortimentni kengaytirish hisobiga ta’minlanmoqda. Bugungi kunda platformada 1 milliondan ortiq noyob mahsulotlar taqdim etilgan, sotuvchilar soni esa yil davomida deyarli 2 barobarga oshgan — butun mamlakat bo‘ylab 12 000 ga yaqin tadbirkor va kompaniyalar Uzum Market’da o‘z mahsulotlarini sotmoqda.

Logistika infratuzilmasini kengaytirish Uzum’ning yanada o‘sishini ta’minlash imkonini beradi, Marketpleys doimiy ravishda topshirish punktlarini kengaytiradi — hozirda ularning soni (hamkorlik punktlari bilan birga) mamlakatning 230 dan ortiq aholi punktlarida 800 dan oshadi. Marketpleysning keng assortimenti va “so‘nggi mil” logistikasi mavjudligi tufayli Uzum Market’da 9 oy ichida buyurtmalarning soni yildan yilga 2,5 barobarga oshib, 14 milliondan ortdi.

Marketpleys bilan hamkorlik kichik va o‘rta biznes uchun ham, yirik kompaniyalar uchun ham yanada qulayroq qilish maqsadida 2024-yil oktyabr oyida Uzum Market yangi logistika modelini ishga tushirdi, unda sotuvchilar tovarlar oqimini va qadoqlanishini mustaqil ravishda boshqarishlari va ularni o‘z omborlarida saqlashlari mumkin, marketpleys esa xaridorga onlayn-vitrina va logistikani (FBS) taqdim etadi.

Uzum Tezkor tez yetkazib berish xizmati ham hamkorlari — restoranlar, kafelar va do‘konlar uchun shunga o‘xshash modelni taqdim etdi. 3-chorakda xizmat ko‘rsatish aylanmasi yildan yilga 8,7 barobarga oshdi. Xizmat mavjudlik geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdi — u allaqachon O‘zbekistonning 15 shahrida mavjud. Uzum Tezkor bilan 2000 dan ortiq restoran, kafe va do‘konlar hamkorlik qilmoqda.

Fintech

O‘z infratuzilmasi negizida amalga oshirilgan birinchi bank mahsulotining ishga tushirilishi ekotizimning fintech-yo‘nalishi uchun muhim voqea bo‘ldi.

Avgust oyida Uzum Bank tajriba-sinov loyihasini — Visa xalqaro to‘lov tizimining Uzum virtual kartasiga oldindan buyurtmani ishga tushirdi. Oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisi uchun kartadan foydalanish imkoniyati ochildi. Uzum kartasi o‘sib borayotgan iste’mol kreditlari bozoriga yo‘naltirilgan fintech-biznesining asosiy omillaridan biriga aylanadi.

Onlayn-shopping va raqamli bank xizmatlarining ommalashuvi tufayli Uzum Nasiya BNPL-muddatli to‘lov xizmati faol o‘sishda davom etmoqda — 9 oy ichida berilgan muddatli to‘lov hajmi yildan yilga 2 barobarga oshib va xizmatdan foydalanuvchilar soni 3,2 milliondan ortdi.

Uzum haqida

O‘zbekistonning raqamli ekotizimi jismoniy shaxslar uchun ham kichik va ham o‘rta biznesni, e-commerce, fintech- va bank xizmatlarini: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, an’anaviy va raqamli banklar, BNPL-xizmati, avtomobil xarid qilish uchun platforma, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilovani o‘z ichiga oladi. Uzum xizmatlaridan har oyda 12 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisi foydalanadi.