Press-relizlar
25.04.2025

Uzum milliy raqamli ekotizimi qo‘shma kredit shaklida $22 mln miqdorida moliyalashtirishni jalb qildi. Ekotizimning hamkori Ozarbayjonning yetakchi banklaridan biri — Kapital Bank bo‘ldi.

Biz xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiga chiqqanimizdan mamnunmiz va hamkorlarimizning ishonchini qadrlaymiz. Bizning fintech yechimlarimiz allaqachon keng ommalashmoqda — 1,5 million o‘zbekistonlik Uzum Bankning Visa kartasidan foydalanmoqda, Uzum Nasiya bo‘lib to‘lash xizmati esa mamlakatdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.

Jalb etilgan mablag‘lar fintech mahsulotlarini yanada rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirish va xizmatlarimizni butun mamlakat bo‘ylab barcha foydalanuvchilar uchun yanada qulay va hammabop qilish imkonini beradi.

Uzum — jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL-xizmati, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova.

Ozarbayjonning birinchi banki bo‘lgan Kapital Bank mamlakatdagi eng yirik xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ega bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 118 ta filial va 54 ta bo‘limga ega.