Yangiliklar
12.02.2026

2025-yil Uzum uchun faol o‘sish va kengayish yili bo‘ldi. Ekotizim raqamli va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, xususiy foydalanuvchilar va biznes uchun yangi xizmatlarni ishga tushirish va xizmatlar sinergiyasini kuchaytirishni davom ettirdi. Bir yil ichida Uzum foydalanuvchilari soni uchdan bir qismga ko‘payib, 20 million kishidan oshdi.

Biz ekotizimni butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlarning kundalik muammolarini hal qilish uchun raqamli infratuzilma sifatida rivojlantirmoqdamiz. Foydalanuvchilar uchun bu tovarlar, xizmatlar va moliyaviy vositalarga osonroq kirish imkoniyatini, tadbirkorlar uchun esa biznesni boshlash va kengaytirish uchun tushunarli shartlarni anglatadi. Bugungi kunda Uzum platformalarida 20 000 dan ortiq tadbirkorlar sacdo qilmoqda, 10 000 dan ortiq korxonalar esa Uzum Nasiya va Uzum To‘lov orqali mijozlarga muddatli to‘lov taklif etmoqda. Biz aynan shunday yechimlar, ayniqsa, raqamli servislar iqtisodiy faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan hududlarda barqaror samara berayotganini ko‘rmoqdamiz.


Fintech: shaffof hisob-kitoblar va aylanmalarning o‘sishi

Fintech ekotizimning asosiy drayverlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda muddatli to‘lovlar va mikroqarzlar hajmi uch barobarga oshib, 1,2 milliard dollarga yetdi. Visa bazasidagi Uzum Bank kartalari soni 4 mln. Kuzda bank moslashuvchan shartlar bilan raqamli depozitlarni ishga tushirdi va atigi uch oy ichida foydalanuvchilar ularga 50 million dollardan ortiq mablag‘ kiritdilar — bu raqamli moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ishonchning o‘sib borayotgan ko‘rsatkichidir. Uzum Market va Uzum Tezkor kartalari orqali buyurtmalarni to‘lashda chegirmalar ham o‘sish drayverlaridan biri bo‘ldi — faqat 11.11 sotuvining o‘zida o‘zbekistonliklar shu tariqa 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni tejashdi. 2025-yil oxirida ekotizimning e-commerce xizmatlarida o‘z fintech vositalari orqali to‘lovlar ulushi 50% dan oshdi.

Butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun Uzum Fintech yagona QR-kod — Uzum To‘lov xizmatini ishga tushirdi, u orqali xaridorlar bir necha daqiqada limitni olib, tovarlarni karta orqali yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin. Ekotizim ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lib-bo‘lib to‘lashning ishga tushirilishi tadbirkorlarga qo‘shimcha operatsion xarajatlarsiz aylanmani 30% gacha, o‘rtacha chekni esa 50% gacha oshirish imkonini beradi.

E-commerce: o‘sish uchun infratuzilma

2025-yilda biznes modelining barqarorligi va sezilarli o‘sishini ekotizimning e-commerce segmenti ham ko‘rsatdi. Uzum e-commerce yo‘lga qo‘yganidan 3 yil o‘tib

ijobiy EBITDA ko‘rsatkichini qayd etdi, bunda e-commerce xizmatlarining umumiy aylanmasi (GMV) yiliga 1,5 barobar o‘sib, 500 million dollardan oshdi, o‘zbekistonliklarning buyurtmalari soni esa 34 milliondan oshdi.

Uzum Market’da o‘zbekistonlik tadbirkorlarning mahalliy assortimenti 1,3 million SKUdan oshadi, Uzum Market Global ishga tushirilishi bilan esa platforma assortimenti soni 100 million SKUdan oshdi.

Platforma logistika va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga, shuningdek, tadbirkorlar uchun yangi raqamli xizmatlarga faol sarmoya kiritmoqda. Uzum Market buyurtma topshirish punktlari uchun hamkorlik dasturini ishga tushirdi va yil oxiriga kelib butun mamlakat bo‘ylab 450 dan ortiq aholi punktlarida BTP tarmog‘ini 1500 taga yetkazdi. Shu bilan birga, marketpleys yirik sotuvchilar uchun ham, kichik va o‘rta biznes uchun ham xizmatlarni faol rivojlantirmoqda: masalan, Uzum Market’da DBS (delivered by seller) ishlash modeli mavjud bo‘lib, unda marketpleys onlayn vitrina va marketing vositalarini taqdim etadi, sotuvchi esa buyurtmani qayta ishlash va yetkazib berishning to‘liq jarayonini o‘z zimmasiga oladi, bozorlarda tovarlarni qabul qilishning yangi nuqtalari, shuningdek, promo uchun kichik byudjet mavjud bo‘lsa ham auditoriyani samarali jalb qilish imkonini beruvchi reklama vositalari ishga tushirildi.

Uzum Tezkor servisidan tez yetkazib berish 2025-yilda O‘zbekistonning 26 ta shahrida ishlashni boshladi va shu bilan geografiyasi bo‘yicha eng yirikka aylandi. Servis aylanmasi deyarli 2 barobarga oshdi, shu bilan birga, servis ichidagi chakana savdo vertikali yiliga uch barobardan ortiq o‘sib eng jadal o‘sishni ko‘rsatdi,, hududlarda servis aylanmasi esa 2,5 barobarga oshdi. Shunday qilib, do‘konlardan tovarlarga va kafelardan sevimli taomlarga buyurtmalar berish nafaqat poytaxt aholisining kundalik hayotining bir qismiga aylanmoqda — mamlakatning barcha hududlari aholisining odatlari o‘zgarmoqda, bu esa tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda.