Uzum raqamli ekotizimi strategik investitsiya raundi doirasida 130 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qildi. Yetakchi investor O‘mon Sultonligi suveren investitsiya fondi bo‘ldi, shuningdek, moliyalashtirish raundida kompaniyaning joriy investorlari: VR Capital, Tencent va FinSight Ventures ishtirok etdi.
Bitim kompaniyaning aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalarni va tizimli moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi. Bitim doirasida Uzum ekotizimining investitsiyalarni jalb qilishdan oldingi (pre-money) bahosi 2,3 mlrd dollar darajasida qayd etildi.
Yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
O‘mon Sultonligi suveren jamg‘armasi investitsiyalarini jalb qilish xalqaro hamkorlarning mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan raqamli bozorlardan biri sifatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini aks ettiradi. Bitim O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Jalb etilgan mablag‘lar ekotizimning asosiy yo‘nalishlari: elektron tijorat, fintex servislarini yanada rivojlantirish, shuningdek, texnologik infratuzilmani kengaytirish va mamlakatning barcha hududlari aholisi uchun zamonaviy raqamli servislardan foydalanish imkoniyatini oshirishga yo‘naltiriladi.
Uzum dunyoning yetakchi investorlari ishonchini qozonib, mamlakat iqtisodiy salohiyatini qanday ro‘yobga chiqarish mumkinligiga yorqin misol bo‘ldi. Va, albatta, biz uchun O‘mon Sultonligining suveren jamg‘armasidan investitsiyalarni jalb qilish nafaqat davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishidan dalolat beradi, balki O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlarning muhim natijasidir. Biz xalqaro hamkorlik kengayib borayotganini va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarda global investorlar ishtirok etayotganini olqishlaymiz.
Biz zamonaviy raqamli servislarni millionlab odamlar va biznes uchun ochiq qiladigan milliy miqyosdagi texnologik infratuzilmani izchil yaratmoqdamiz. Bugungi kunda biz uchun nafaqat O‘monlik hamkorlarning yuqori bahosi, balki strategiyamizni qo‘llab-quvvatlab, Uzum o‘sishiga sarmoya kiritishda davom etayotgan dastlabki investorlarimizning ishonchi ham muhimdir. Mamlakatimiz ulkan salohiyatga ega va bugun biz buni yana bir bor butun dunyoga namoyish etdik.
Bugungi kunda Uzum servislaridan oyiga 20 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar foydalanmoqda,