Toshkent, Samarqand, Angren, Farg‘ona, Zarafshon, Keles va Chirchiqdan yosh mutaxassislar kurslarning muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
IT-akademiyaning birinchi oqimiga talabi eng ko‘p bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha 4 ta kurs kiritildi: Java’da dasturlash, Go’da dasturlash, Biznes tahlillari va mashinaviy o’qitish, shuningdek Helpdesk.
Atigi akademiyaga mamlakatning barcha hududlaridan jami 220 nafar yosh mutaxassislar qabul qilindi, talabalarning 60 foizi Uzum ekotizimidan bepul o‘qish uchun stipendiya oldi. Akademiyaning o‘qituvchilari dunyodagi yetakchi IT-kompaniyalarning ekspertlari bo‘lishdi, masalan, Kaggle 2012 versiyasiga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha mutaxassis, professor Aleksandr Dyakonov talabalar uchun Biznes-tahlil va mashinaviy o‘qitish kursini o‘tkazdi. IT-akademiyaning barcha bitiruvchilari tyutorlarimiz rahbarligida amaliyot o‘tashdi, shuningdek, yakuniy loyihalarni muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
IT sohasining o‘sishi bilan mamlakatda raqamli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan va rivojlantiradigan mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Va biz milliy raqamli ekotizim sifatida nafaqat ishga yollashdan, balki butun mamlakat bo‘ylab yoshlar uchun turli xil IT mutaxassisliklarga o‘qitishdan manfaatdormiz.
Albatta, bizning kurslarimiz oson emas edi va hamma talabalar ham oxirigacha bora olishmadi, lekin eng muhimi, biz har bir bitiruvchimizning professionalligi va mahoratiga aminmiz. Bir nechta talabalar allaqachon muvaffaqiyatli intervyudan o‘tdilar va Uzum jamoasining bir qismiga aylandilar.
IT-akademiyaning ishga tushirilishi haqida bilganimdan so‘ng, men u yerda o‘qishni xohlayotganimni darhol angladim. Bepul o‘qish va Uzum’da ishga joylashish uchun grant olish imkoniyati mening xohishimni yanada kuchaytirdi. Men Go’da dasturlashni o’rganish kursini tanladim. O‘zbekistonda bu borada yaxshi kurslarni topish unchalik oson emas, garchi GO’da dasturlash startaplar va yirik kompaniyalarda juda zarur bo lsa-da.
Men IT sohasida yaxshi tajribaga egaman, lekin men har doim mehnat bozorida talabga ega bo‘lish uchun barcha trendlardan xabardor bo‘lishni xohlayman. O‘qish paytida talabalar kuratorlar va kurs o‘qituvchisi bilan yaqin aloqada bo‘lishadi. Har qanday kurs talabasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchiga savol yoki taklif bilan murojaat qilishi va tezkor javob olishi mumkin.
Bahorda biz O‘zbekistonda IT-hamjamiyatining o‘sishi va rivojlanishi, shu bilan birga mamlakatimiz aholisi uchun raqamli servislarning rivojlanishi uchun yangi ta’lim oqimini boshlaymiz.