Kompaniya tarixi

2025
YanvarYil davomida mamlakatning eng yirik marketpleysi bo‘lgan Uzum Market savdo nuqtalari soni 3 barobardan ko‘proqqa oshdi — endi ular O‘zbekistonning 253 ta aholi punktida 1000 ga yaqindir
FevralUzum ekotizimi 2024-yilda O‘zbekiston byudjetiga qariyb 1,2 trillion so‘m o‘tkazdi

Uzum ekotizimi 2024-yil yakunlarini sarhisob qilmoqda: yil davomida elektron tijorat aylanmasi 2,4 barobarga, umumiy berilgan muddatli to‘lov va mikroqarzlar hajmi esa deyarli uch barobarga oshdi.

MartUzum ekotizimi 300 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ilk chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi
AprelUzum Tezkor mintaqaviy kengayishda davom etmoqda

Shahrisabz, Nurafshon, Guliston, Termiz va Xivada restoran va do‘konlardan tezkor yetkazib berish servisi yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa, Uzum Tezkor 25 ta shaharni qamrab olib, O‘zbekistonda eng keng yetkazib berish geografiyasiga ega servisga aylandi.

MayUzum Market sotuvchilari buyurtmalarni mustaqil ravishda yetkazib berishlari mumkin

Uzum Market hamkorlar uchun logistika imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. DBS (delivered by seller) ning yangi ish sxemasi sotuvchilarga tovarlarni nafaqat o‘z omborida saqlash, balki Uzum Market marketpleysining logistikasidan foydalanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridorlarga yetkazib berish imkonini yaratadi.

IyulFitch Uzum ekotizimiga ijobiy prognoz bilan “B” reytingini berdi

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi birinchi marta Uzum milliy ekotizimining kreditga layoqatliligini baholadi. Kompaniya elektron tijorat va fintech sohalaridagi kuchli pozitsiyalari hamda barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlari tufayli ijobiy prognoz bilan “B” reytingini oldi.

Uzum Bank Euromoney talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki deb topildi

Uzum Bank nufuzli xalqaro Euromoney Awards for Excellence 2025 mukofotining “O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Uzum Bank ta’sirchan o‘sish sur’atlari, fintechning ekotizimga integratsiyalashuvi va keng auditoriya uchun zamonaviy yechimlarning mavjudligi uchun e’tirof etildi.

AvgustUzum Tencent va VR Capital’dan 70 million dollar jalb qildi, kompaniyaning bahosi 1,5 milliard dollarga yetdi

Uzum Xitoyning IT-giganti Tencent’ning O‘zbekistondagi kompaniyasiga kiritgan birinchi texnologik sarmoyasi bo‘ldi. Uzum mablag‘larni jalb qilgandan so‘ng yakuniy bahosi taxminan 1,5 milliard dollarni tashkil etdi.

SentabrUzum va DataVolt O‘zbekistonda IT infratuzilmasini rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda

Uzum milliy raqamli ekotizimi va barqaror, ilg’or raqamli infratuzilmaning global ishlab chiqaruvchisi DataVolt o’rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik O’zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish va bulutli xizmatlarni kengaytirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

OktyabrUzum CB Insights versiyasiga ko‘ra 2025-yilning eng istiqbolli fintech startaplari TOP-100 taligiga kirdi

Uzum milliy raqamli ekotizimi dunyodagi eng istiqbolli 100 ta fintech kompaniyasini o’z ichiga olgan sakkizinchi yillik Fintech 100 reytingiga kirdi. Ushbu ro’yxat fintech kelajagini shakllantiradigan erta va o’rta rivojlanish bosqichidagi startaplarni birlashtiradi. Tanlov bir qator miqdoriy va sifat mezonlariga, jumladan, bitimlar faolligi, sanoat hamkorligi, investitsiya kayfiyati, ishga qabul qilish dinamikasi va CB Insights shaxsiy tahliliy ma’lumotlariga asoslanadi.