Press-relizlar
08.08.2024

6 oy ichida Uzum ekotizimining e-commerce yo‘nalishi aylanmasi yiliga 4 barobar, ekotizimning fintex-servislarining kredit portfeli esa 2 barobardan ko‘proq oshdi. Bugungi kunda O‘zbekistonning har uchinchi yashovchisi Uzum servislaridan foydalanmoqda

Ekotizimning o‘sish templarini saqlab qolish imkonini butun mamlakat bo‘ylab o‘zining jismoniy va IT infratuzilmasini faol rivojlantirish, shuningdek, ekotizim ichidagi servislarni integratsiyasi beradi.

Shunday qilib, 2024-yilning birinchi yarmida Uzum Market marketpleysidagi buyurtmalar soni o‘tgan yilga qaraganda 3 baravar oshdi, shu bilan birga butun mamlakat bo‘ylab buyurtmalar tarqatish punktlari (shu jumladan hamkorlik punktlari) soni yiliga qariyb 2 baravar ko‘paydi — va bugungi kunda milliy marketpleys yetkazib berish geografiyasi mamlakat bo‘ylab 139 ta aholi punktlarini qamrab olgan. Butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar yanada ko‘proq mijozlarni jalb qilishlari va o‘z mahsulotlarini saytda mustaqil ravishda reklama qilishlari uchun joriy yilning aprel oyida Uzum Market katalog va qidiruv natijalarida tovarlarni reklama qilish servislarini ishga tushirdi.

Uzum Tezkor bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida geografiya bo‘yicha eng yirik yetkazib berish servisiga aylanib, mamlakatning 8 ta eng yirik shaharlarini qamrab oldi, 1600 dan ortiq kafe, restoran va do‘konlar servisning hamkorlariga aylandi.

Uzum ekotizimining fintex- va e-commerce servislarining integratsiyalashuvi tufayli O‘zbekiston aholisi uchun noyob foydalanuvchi tajribasini yaratilmoqda: masalan, Uzum Tezkor va Uzum Marketda har qanday buyurtmani Uzum Nasiyadan muddatli to‘lovga, uni bir necha daqiqada istalgan Uzum servisida rasmiylashtirib, olish mumkin. Bugungi kunda Uzum Market marketpleysida buyurtmalarining 55 foizidan ortig‘i muddatli to‘lovga olinadi.

E-commerce nafaqat xususiy foydalanuvchilar, balki butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar orasida fintex-servislarini ommalashtirish drayveriga aylanmoqda. Shunday qilib, joriy yilning faqatkina 2-choragida Uzum Nasiya hamkorlari soni 20 foizga, ekotizim bank servislarining tadbirkor-mijozlari soni esa yiliga 35 foizga o‘sdi.

Ko‘z o‘ngimizda va sa’y-harakatlarimiz tufayli O‘zbekiston bozorining ulkan salohiyati amalga oshayotganini kuzatib turibmiz. Mamlakatimizda zamonaviy raqamli servislar nihoyatda katta talabga ega — atigi bir yil ichida Uzum foydalanuvchilari soni 2 barobarga oshdi va bu nafaqat xususiy foydalanuvchilar, balki tadbirkorlar, ham kichik biznes, ham yirik kompaniyalardir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz fintex- va e-commerce yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun infratuzilmani yaratish va servislarimizning sinergiyasini kuchaytirishdir. Shunday qilib, ushbu olti oy ichida biz Uzum Bank bank mahsulotlarini ishga tushirish uchun o‘z platformamizni qurdik, rekord vaqt ichida Visa kompaniyasining hamkoriga aylandik, shuningdek, barcha mahsulot va servislarimizga qulay to‘lov usullarini integratsiya qildik. Va bizning to‘xtash niyatimiz yo‘q — yil oxirigacha Uzum xususiy foydalanuvchilar va biznes uchun yangi mahsulotlarni ishga tushiradi, shuningdek, mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasini ochadi. Biz Uzum o‘sishi va butun mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun asos yaratmoqdamiz.

2024 yilda Uzum mamlakat tarixidagi birinchi texnologik “yakkashox”-kompaniya bo‘ldi va shu bilan O‘zbekistonni investorlar nuqtai nazaridan dunyodagi eng istiqbolli mamlakatlar qatoriga qo‘ydi. Biz raqamli xizmatlar va mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga pul jalb qilishni davom ettiramiz.

Uzum haqida

Jismoniy shaxslar va kichik va o‘rta biznes uchun e-commerce, fintex- va bank servislari: marketpleys, ekspress-yetkazib berish servisi, klassik va raqamli banklar, BNPL-servis, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek tadbirkorlar uchun ilovani birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi. Har oyda O‘zbekistonning 10 milliondan ortiq aholisi Uzum servislaridan foydalanadi.