Uzum milliy raqamli ekotizimi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini hamda butun mamlakat bo‘ylab futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uzum’ning qo‘llab-quvvatlashi Assotsiatsiyaga sport infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlar uchun dasturlarni kengaytirish, shuningdek, Milliy terma jamoani
Bugungi kunda O‘FA qoshida 14 ta hududiy assotsiatsiya faoliyat yuritmoqda, 12 000 dan ortiq futbolchi bolalar va o‘smirlar jamoalarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda, milliy terma jamoa esa xalqaro maydonda — Osiyo kubogidan tortib Olimpiya saralashlari va Jahon chempionatigacha O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.
Uzum kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakatimizda futbolni rivojlantirishda muhim qadamdir. Kelgusi yillarda milliy terma jamoalar, shuningdek, bolalar va ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiramiz.
Biz uchun nafaqat sportni qo‘llab-quvvatlash, balki iqtidorli bolalar o‘sishi, amaldagi chempionlar esa yangi g‘alabalar uchun resurslarga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish muhimdir. Futbol odamlarni birlashtiradi, jamoaviy ishga ilhomlantiradi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Biz O‘FA bilan birgalikda o‘zbek sporti kelajagiga hissa qo‘sha olishimizdan faxrlanamiz.
Futbolni qo‘llab-quvvatlash biz uchun kelajakka investitsiya. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, futbolchilar va muxlislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali biz futbol millionlab o‘zbekistonliklarning kundalik hayotiga aylanishini istaymiz. Ishonchimiz komilki, Futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda yangi g‘alabalar va yorqin sport tarixiga poydevor qo‘ya olamiz.