Uzum Avto servisi ham avtodilerlar, ham xususiy foydalanuvchilar uchun bepul e’lonlar joylashtirib avtomobillarni olib-sotish ilovasini ishga tushirdi. Uzum Avto ilovasi sinov rejimida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi foydalanuvchilar uchun mavjud.
E’lonni joylashtirish uchun avtomobil raqamini kiritish, surat qo‘shish va narxni ko‘rsatish kifoya — qolgan ma’lumotlarni servis avtomatik ravishda to‘ldiradi. Shu tariqa, e’lon yaratish jarayoni o‘rtacha bir daqiqa vaqt oladi. Foydalanuvchi faqat aktual takliflar va real avtomobillarni ko‘rishi uchun sun’iy intellektga asoslangan moderatsiya tizimi yordamida servis takroriy, soxta va noto‘g‘ri e’lonlarni avtomatik tarzda bloklaydi.
Kerakli e’lonni tanlab, xaridor to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchi bilan bog‘lanishi mumkin.
Onlayn avtomobil bozori hali ham foydalanuvchilar uchun murakkab bo‘lib qolmoqda: ko‘plab soxta e’lonlar, dublikatlar, noto‘g‘ri ma’lumotlar va avtomobillarni tekshirish uchun vaqt sarflanadi. Biz Uzum Avto’ni xaridor real takliflarni tezroq topa oladigan, sotuvchi esa ko‘p millionli auditoriyaga tez va ortiqcha xarajatlarsiz kirish imkonini beradigan servisga aylanishini istaymiz.
Yaqin kelajakda ilova butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.